Jańalıqlar

⚡️ DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB

⚡️ DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB

💠 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Bobokulova Inobat Meliyevna tomonidan yuborilgan 215-ds-383-26-sonli deputatlik so‘rovi yuzasidan Pastdarg‘om tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan javob taqdim etildi.

➡️ Mazkur so‘rov Pastdarg‘om tumani Sanchiqul mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning Orasta va Tashabbus ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizilishi bilan bog‘liq murojaati asosida yuborilgan.

➡️ Ma’lum qilinishicha, “Sanchiqul mahallasi Tashabbus, Qo‘rg‘ontepa, Yangilanish va Orasta ko‘chalarini asfaltlashtirish” loyihasi “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsumida g‘olib deb topilgan hamda loyiha uchun 1 milliard 293 million 750 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

⚡️ Ajratilgan mablag‘lar belgilangan tartibda buyurtmachi tashkilotga o‘tkazilgan bo‘lib, loyiha doirasida asfaltlashtirish ishlari ekspertiza xulosalari va mavjud mablag‘lar hajmidan kelib chiqib amalga oshirilayotgani bildirildi.

✍️ Shuningdek, Orasta va Tashabbus ko‘chalarining 750 metr qismida ishlarni yakunlash uchun qo‘shimcha mablag‘ talab etilishi, ushbu qismni ta’mirlash masalasini “Tashabbusli budjet” jarayonining navbatdagi mavsumida qayta tashabbus sifatida kiritish zarurligi ma’lum qilindi.

🛣 Aholi uchun qulay va sifatli yo‘l infratuzilmasini yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1