Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–377-son qarori ijrosi yuzasidan Yangi hayot MFY hududida joylashgan 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur bino mukammal ta’mirlash ishlari uchun tayyorlanayotgani, jumladan, binoning pol qismlari buzib olinib, keyingi qurilish-ta’mirlash bosqichlariga tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani aniqlandi.
Deputat tomonidan ta’mirlash ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ishlar deputatlik nazoratiga olindi.