Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati M.Sulaymonov hamda Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Andijon MFY hududida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari bilan tanishildi.

Tashrif davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan ta’lim muassasasida yaratilayotgan sharoitlar o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi va qulay muhitda tahsil olishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4