Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov, mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan sessiyaga taqdim etilgan dolzarb “90 kunlik” ma’lumot atroflicha o‘rganilib, unda keltirilgan tahlillar va amaliy takliflar muhokama qilindi.
Mazkur ma’lumotda shaharda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda turli ijtimoiy, madaniy va sport tadbirlariga keng jalb etish masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanganligi qayd etildi. Shuningdek, uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari va innovatsion yo‘nalishlarga qiziqishini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Taqdim etilgan ma’lumot asosida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Ushbu yo‘nalishda barcha mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati