Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati O.Aliqulov tomonidan Shodlik MFYda mahalla xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi hamda profilaktika inspektori ishtirokida uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

📄Jarayonda mahallada ko‘tarilayotgan muammolar, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar hamda ularni ijobiy hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, murojaatlarning o‘z vaqtida va samarali hal qilinishiga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4