Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva “Deputat mahallada” loyihasi doirasida “Maorif” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida: ✅ bir nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlandi; ✅ I-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi; ✅ nogironligi bo‘lgan fuqaroning subsidiya asosida issiqxonadan foydalanish holati o‘rganildi.
Har bir murojaat, har bir muammo — e’tibor markazida.
Aholi bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini eshitish va amaliy yordam berish bugungi kunda eng muhim vazifalardan biridir. 🤝
Inson qadri ulug‘langan jamiyatda mehr, e’tibor va adolat ustuvor bo‘ladi!
Siz ham bizni kuzatib boring!