Tashrif davomida ta’lim jarayonining tashkil etilishi, bolalarning bilim va tarbiya olish sharoitlari hamda guruhlar faoliyatining samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, deputat ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazib, maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuvda ota-onalar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilab olindi.