Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda deputat J.Usmonovlar ishtirokida PQ-93-sonli qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan tumaning 15-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

🔷Mazkur maktabda 480 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosini qurish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, deputatlar tomonidan qurilish jarayonining sifati, bino konstruksiyalari hamda isitish tizimlarining holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida quruvchilar tomonidan ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlab, ob’ektni qisqa fursatlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, qurilish ishlarining sifatini oshirish va belgilangan talablar asosida bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6