📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati D.Egamqulova hamda kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar tomonidan mahalla hududida joylashgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi.
🔷O‘rganish jarayonida “Egamqul ota” MCHJga qarashli milliy shirinliklar ishlab chiqarish sexi faoliyati bilan tanishildi. Mazkur sexda bugungi kunda 10 nafar ishchi mehnat qilmoqda va aholi bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
🔷Suhbat davomida MCHJ rahbari tomonidan sex faoliyatiga ta’sir ko‘rsatayotgan muammolar ham ko‘tarildi. Xususan, transformator uskunasidagi nosozliklar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga salbiy ta’sir qilayotgani ta’kidlanib, ushbu masalada amaliy yordam so‘radi.
🔷Bildirilgan murojaat yuzasidan muammoni hal etish maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.
🇺🇿Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.