🏫 Cho‘mishli mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi
👥 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov, viloyat Kengashi deputatlari Sh. Xolliyeva, M. Narbasheva, Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova ishtirokida Cho‘mishli mahallasidagi 14-umumiy ta’lim maktabida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi.
📖 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida olib borilmoqda.
🚶 Tashrif davomida maktab hududida qurilgan piyodalar yo‘lakchasi, 120 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi, 50 o‘rinli yangi oshxona hamda asosiy 360 o‘rinli maktab binosida amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
✅ Shuningdek, obyektlarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, yaratilayotgan sharoitlar hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.