📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari G. Qorayeva hamda N. Turdiyevlar tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔷Jumladan, umumta’lim maktablarida inklyuziv sinflarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi holati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mavjud shart-sharoitlar, yaratilgan imkoniyatlar hamda olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔷O‘rganish davomida ayrim muammolar ham aniqlanib, xususan, ta’lim muassasasidagi hojatxona va yuvinish xonalarida suv ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagani aniqlandi.
🔷Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, zarur shart-sharoitlarni yaxshilash hamda inklyuziv ta’lim sifatini oshirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.