Jańalıqlar

Demas mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi

Demas mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L.Niyozova Demas mahallasida yashovchi nogironligi bor fuqarolar murojaatlarini tingladi.

 Fuqarolar tomonidan bildirilgan ijtimoiy, tibbiy va moddiy ko‘makka oid murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 Shuningdek, deputat tomonidan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4