📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati O.Aliqulov tomonidan Shodlik mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. Unda mahalla hokim yordamchisi hamda mahalla soliq inspektori bilan birgalikda hududdagi soliq tushumlari holati tahlil qilindi.
📄Shuningdek, o‘rganish jarayonida mahalla fuqarolariga ajratilgan kredit va subsidiyalar miqdori, ularning maqsadli yo‘naltirilishi hamda samaradorligi yuzasidan atroflicha ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
📊O‘rganish yakunida mavjud holatni yanada yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash borasida tegishli tavsiyalar berildi.