Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati K.Xakimova, kotibiyat mudiri N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis D.Shakarboyevlar ishtirokida tumanning “Ko‘rkam diyor” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.

📄Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Xususan, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy masalalarni hal etish borasidagi taklif va murojaatlar tinglandi.

✅Shuningdek, mutasaddilar tomonidan har bir murojaat e’tibor bilan o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va amaliy yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 4