Jańalıqlar

“Do‘stlik” mahallasida qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda “Do‘stlik” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

🏗 O‘rganish davomida hududda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda obodonlashtirish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.

🗣 Shuningdek, mavjud kamchiliklar va muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2