Jańalıqlar

Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” yig‘ilishida joriy yilning 1-choragi yakunlari muhokama qilindi.

Unda byudjet daromadlari reja ko‘rsatkichlaridan ortiqcha bajarilgani hisobidan shakllangan qo‘shimcha mablag‘larni ajratish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida mazkur mablag‘larni hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi farovonligini oshirishga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 2