Jańalıqlar

Deputat mahalladagi muammolarni o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Murzametova Marina tomonidan “Axilobod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi mavjud muammolar, aholining kundalik hayotiga ta’sir ko‘rsatayotgan dolzarb masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari belgilangan tartibda o‘rganildi.

Shuningdek, deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Aholi bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar, xotin-qizlar, bandlik va profilaktika yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish ishlari mahallalarda mavjud muammolarni joyida aniqlash, ularni mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish hamda “Mahalla yettiligi — Kengash — Senat” hamkorlik tizimi samaradorligini oshirishga qaratildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram

Slide 1 of 1