Jańalıqlar

Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi “Nuroniylar maskanida” bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishning asosiy maqsadi – hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-sonli qarorining tumanda ijrosini samarali yechish yo‘llari muhokama qilindi.

Ekspert guruhi asosiy vazifalari quyidagilar belgilandi:

🔹 hujjatda korrupsiyaviy omil, gender tenglik buzilishi yuzasidan tahlil olib borish

🔹 nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etish

🔹 jamoatchilik fikrini o‘rganish tahliliy xulosalar tayyorlash;

🔹 deputatlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etish

Muhokamalar yakunida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 3