Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Joriy yilning 7-aprel kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati ishchi guruhi tomonidan Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, xususan, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yuritish tartibi, hujjatlar nomenklaturasining belgilangan talablarga muvofiqligi hamda ish yuritish jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.

📑 Shuningdek, hujjatlar bilan ishlashda tartib-intizomga rioya etilishi, ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va saqlanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

⚠️ O‘rganish davomida ish faoliyatini yanada takomillashtirish hamda hujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Mazkur o‘rganishlar hududlarda ish yuritish sifatini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda tizimni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 4