Jańalıqlar

11-Ko‘tarma saylov okrugi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich o‘z saylov okrugi hududidagi Ko‘tarma mahallasiga navbatdagi tashrifni amalga oshirdi.

Tashrif davomida deputat mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlarni bevosita o‘rgandi. Xususan, hududdagi ijtimoiy infratuzilma holati, yo‘l va obodonlashtirish ishlari, kommunal xizmatlar sifati hamda bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla faollari bilan hamkorlikda mavjud muammolarni tizimli hal etish, hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda nazorat o‘rnatilishi qayd etildi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda mahallada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 6