Jańalıqlar

Yo‘l qurilishi – nazoratda va e’tiborda.

 Yo‘l qurilishi – nazoratda va e’tiborda. 

  📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E. Babayev tomonidan Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Toshkent ko‘chasida olib borilayotgan yo‘lni asfaltlashdan oldingi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Mazkur jarayonda deputat hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va sifatli yo‘l sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. 

  O‘rganish jarayonida hududda ichimlik suvi quvurida nosozlik yuzaga kelgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi uchun suv ta’minoti bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi. 

  Shuningdek, ish jarayonida qatnashayotgan mas’ul xodimlar va ishchilarga ishlarni sifatli ehtiyotkorlik bilan olib borish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.  

Slide 1 of 4