Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFY Mirtemir ko‘chasidagi elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
DAVRONBEK RAVSHANBEKOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI DAVRONBEK RAVSHANBEKOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 46-“Olmos” saylov okrugidan saylangan deputati Davronbek Ravshanbekov Yashnobod tumanidagi “TashIsti”, “Uchchinor” va “Mohirlar” mahallalari aholisi bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, hududlardagi o‘rganishlar, deputatlik so‘rovlari va ularning natijalari yuzasidan axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda Yashnobod tumani hokimligi mas’ul xodimlari, tuman Kengashi va kotibiyati vakillari, “Mahalla yettiligi” a’zolari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📍 46-“Olmos” saylov okrugi mahallalarini qamrab oladi. Uchrashuvda ayniqsa TashIsti, Uchchinor va Mohirlar mahallalaridagi bandlik, tadbirkorlik, kommunal infratuzilma, yo‘l, elektr, ichimlik suvi va obodonlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔺 “TashIsti” mahallasida 2 558 nafar aholi istiqomat qiladi. Bandlik yo‘nalishida fuqarolar doimiy ishga joylashtirilib, o‘zini o‘zi band qilish va kasb-hunarga o‘qitish choralari ko‘rilgan, 40 ta kichik xizmat ko‘rsatish mikrolоyihasi tashkil etilgan. Shu bilan birga, “Tolariq” kanalidan oqava suv olib kirish, elektr tarmoqlarini yangilash, qo‘shimcha transformator o‘rnatish, 4,5 km SIP kabel tortish, yog‘och ustunlarni temir-beton ustunlarga almashtirish, ichimlik suvi va gaz ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni asfaltlash masalalari deputatlik nazoratida ekani ta’kidlandi.

📨 Mazkur muammolar yuzasidan deputat tomonidan Toshkent shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi yuborilgan. Unda “TashIsti”dagi elektr, gaz, ichimlik suvi, tungi yoritish va sug‘orish tizimi bilan bir qatorda “Uchchinor” mahallasidagi 100 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda qo‘shimcha transformator o‘rnatish masalalari ko‘tarilgan.

💡 Shuningdek, “Uchchinor” mahallasi Murabbiylar ko‘chasi 14-uy oldidagi “Medical Center” bekati hududida piyodalar o‘tish joyini tashkil etish bo‘yicha alohida deputatlik so‘rovi kiritilgan. Rasmiy javobda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyini tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berilgani va jamoat transporti bekatini o‘rnatish belgilanganligi ma’lum qilingan.

🔎 “Uchchinor” mahallasida 2 800 nafar aholi istiqomat qiladi. Bandlik va daromadlarni oshirish yo‘nalishidagi ishlar natijasida 393 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan, 8 ta mikrolоyiha doirasida 1,5 mlrd so‘mlik loyihalar amalga oshirilib, 21 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Hududda 912 ta daraxt ko‘chati va butalar ekilgan. Ayni paytda Murabbiylar ko‘chasi va unga tutash berk ko‘chalardagi 250 ta xonadonning ichimlik suvi va kanalizatsiya ta’minoti, elektr kuchlanishi, qo‘shimcha transformator, avtobus bekati hamda ichki yo‘llar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

🗣 “Mohirlar” mahallasida esa 2 576 nafar aholi, 598 ta xonadon va 614 ta oila mavjud. Amalga oshirilgan choralar natijasida 349 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan, jumladan 41 nafari doimiy ishga joylashtirilgan, 176 nafar fuqaroning daromadini oshirishga ko‘maklashilgan va 132 nafar fuqaroning norasmiy mehnat faoliyati rasmiylashtirilgan. Qiymati 592 mln so‘mlik 8 ta mikrolоyiha orqali 22 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

📉 Bundan tashqari, deputatlarning saylov okruglaridagi dolzarb masalalar bo‘yicha takliflari asosida mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ ajratish amaliyoti doirasida Yashnobod tumanidagi 342-sonli umumta’lim maktabining futbol, voleybol, basketbol va vorkaut maydonlarini ta’mirlash uchun 1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirish masalasi amalga oshirilayotgani qayd etildi.

✅ Yakunda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish va ularning amaliy ijrosini deputatlik nazoratida olib borish belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10