Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Muhammedova Barno Farxodovna Qozirobod mahallasida bo‘lib, ko‘cha boshilari va aholi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ko‘cha boshilari va mahalla aholisi hududda zamonaviy poliklinika barpo etilayotganidan mamnun va xursand ekanliklarini bildirdilar.
Yangi tibbiyot muassasasi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirib, mahalla hayotida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Deputat aholi bilan muloqot davomida ularning fikr va takliflarini tinglab, mahalladagi ijobiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.