🏛 Xalq deputatlari Forish tumani Kengashiga 4-«Xonbandi» saylov okrugidan saylangan deputat, O‘zXDP a’zosi G. Karimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R. Xidirov Xonbandi mahallasi raisi Sh. Islomov bilan uchrashdi.
📋 Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda hududni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🔍 Shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etish va mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
✅ Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan kelishib olindi.