Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFY Mirtemir ko‘chasidagi elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
Deputatlik nazorati: “mahallabay” ishlash tizimi o‘rganilmoqda

Deputatlik nazorati: “mahallabay” ishlash tizimi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 504-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔎 O‘rganish jarayonida mahallalarda “mahallabay” ishlash tizimi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilinmoqda.

📋 O‘rganishni tizimli va aniq mezonlar asosida tashkil etish maqsadida maxsus savolnoma ishlab chiqildi. Unda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni aniqlashga alohida e’tibor qaratilgan.

👥 Shuningdek, o‘rganishlarni joylarda sifatli tashkil etish, mavjud holatni xolisona baholash va aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish maqsadida ishchi guruh shakllantirildi.

🎯 Asosiy maqsad — mahallalarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning amaliy natijadorligini o‘rganish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirish.