#Yoshlar_maslahat_guruhi
#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
👥 YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Sherobod tumani o‘quv-sport texnika klubida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuv va suhbat tashkil etildi.
📌 Suhbat davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga sadoqat, fuqarolik mas’uliyati hamda yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini rag‘batlantirish, kelajakda munosib mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhimligi ta’kidlandi.
🇺🇿 Yoshlar bilan bunday muloqotlar ularning dunyoqarashini kengaytirish, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube