Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI: MUROJAATLAR VA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti.
янв.21
“CHUQURSOY” MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI: III CHORAK HISOBOTLARI TINGLANDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR: DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA!
янв.21
21-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni betalafot o‘tkazish, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi hisoboti to‘g‘risida.
янв.21
“GULSAROY” MAHALLASIDA III CHORAK: “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI RAQAMLARDA
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
65-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI JIZZAX VA BESHLOLA KO‘CHALARI TA’MIRLANDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI JIZZAX VA BESHLOLA KO‘CHALARI TA’MIRLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov tomonidan Shayxontohur tumanidagi “Zangiota” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Jizzax va Beshlola ko‘chalarining holati yuzasidan aholi murojaatlari o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mazkur ko‘chalarda oqava suv tarmoqlarini o‘rnatish ishlari yakunlanganidan so‘ng yo‘l qoplamasi buzilgan holda qolgani, bu esa fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishida noqulayliklar tug‘dirayotgani ma’lum bo‘ldi.

📋 Deputat Aziz Ibragimov aholi murojaatlarini inobatga olib, mavjud muammoni bartaraf etish, ko‘chalarda xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida yo‘l qoplamasini ta’mirlash va asfalt yotqizish yuzasidan tegishli deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

🛠 Deputatlik so‘rovi natijasida mas’ul tashkilotlar tomonidan Jizzax va Beshlola ko‘chalarida yo‘llarni ta’mirlash hamda asfaltlashtirish ishlari amalga oshirildi. Natijada mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yaratildi.

🔺 Mazkur ishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan mahalla ichki yo‘llari holatini yaxshilash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish hamda aholi murojaatlariga manzilli yechim topish vazifalari doirasida muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Deputat Aziz Ibragimov faoliyatida fuqarolarning murojaatlarini bevosita o‘rganish, mahallalardagi infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

♻️ “Zangiota” mahallasidagi Jizzax va Beshlola ko‘chalarining ta’mirlanishi deputatlik so‘rovi asosida aholini qiynayotgan muammoga amaliy yechim topilganining navbatdagi namunasi bo‘ldi.

🗣 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov tomonidan aholi manfaatlarini himoya qilish, mahallalarda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3