#deputat_nazorati
#deputat_faoliyati
#24_ta_muhim_masala
MINGCHINOR MAHALLASIDA YO‘L ASFALTLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Paxtakor tumani Mingchinor MFY hududidagi U Xayem ko‘chasida 400 metr uzunlikdagi yo‘lni asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Avazov tomonidan nazorat qilib borilmoqda. Deputat yo‘l ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan vazifalarning ijrosiga e’tibor qaratmoqda.
Ushbu ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.