🏛 O‘rganish va tahlil
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova Beshmergan mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan, Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalani atroflicha muhokama qildi.
🔹 Asosiy e’tibor:
Ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash;
Aholining daromad manbalarini kengaytirish;
Oilaviy tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitishni rivojlantirish;
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
Mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
🎯 Maqsad — aholi bandligini oshirish, oilalar farovonligini mustahkamlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish.