Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O. Xolboyevning saylov okrugida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan mahalla hududidagi sport maydonchalarining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport maydonchalarining saqlanishi, mavjud jihozlarning holati, ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda yoshlar va aholi uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sport maydonchalarini obodonlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Maqsad — yoshlar uchun qulay sport muhitini yaratish, ommaviy sportni rivojlantirish va aholi salomatligini mustahkamlash!