Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Deputat so‘rovi yuborildi

O‘rganishlar davomida "Bahor" mahallasi hududidagi Ali Qushchi ko‘chasidan o‘tuvchi Abu Bakr Roziy ko‘chasida, 27-sonli ko‘p qavatli uy yaqinida jamoat transporti bekati mavjud emasligi aniqlandi. Natijada ushbu hudud aholisi, ayniqsa, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar hamda o‘quvchi-yoshlar uchun jamoat transportidan foydalanishda qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Deputat so‘rovida mazkur hududda jamoat transporti bekatini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqish, aholining xavfsiz va qulay jamoat transportidan foydalanishini ta’minlash yuzasidan zarur amaliy choralarni ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, mazkur masala yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar va ko‘rilgan choralar haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Fuqarolar uchun qulay va xavfsiz jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi