❗️Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
🏛 Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida ilm-fan va ta’lim tizimini rivojlantirish, davlat tilining jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish, pedagoglarning huquqiy maqomini mustahkamlash hamda zamonaviy ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ilm-fan va ta’limni rivojlantirish, yosh avlodni zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega etib tarbiyalash hamda pedagoglarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.
📝 Ilm-fan va ta’lim sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:
🔺 Mazkur qonun davlat tilining huquqiy maqomini belgilaydi, uning jamiyatning barcha sohalarida to‘liq va samarali qo‘llanilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
🔺 Ushbu qonun ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
🔺 Mazkur qonun maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olishini ta’minlash hamda ularni maktab ta’limiga puxta tayyorlashga qaratilgan.
🔺 Qonun uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
🔺 Ushbu qonun pedagoglarning kasbiy huquqlari, ijtimoiy kafolatlari va maqomini mustahkamlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish hamda ta’lim tizimidagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan rivojini qo‘llab-quvvatlash, davlat tilining nufuzini yuksaltirish hamda pedagoglarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlarni samarali amalga oshirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.