Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda 23-Zarqaynar saylov okrugi deputati Ismoil Sagdullayev hamkorligida "Maxsustrans" DUK faoliyati bilan yaqindan tanishib, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan sanitariya-tozalik xizmatlari sifati, maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish jarayonlari hamda sohaga joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🤝 O‘rganishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi S.Fayziyeva, Ekologik partiya vakillari va korxona mutaxassislari ishtirok etdi.

🔺 Muloqot jarayonida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida sohadagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi. Bildirilgan murojaat va takliflar "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, ularning har biri deputatlik nazoratiga olindi. Zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarni ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

🚛 Shuningdek, mutasaddilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda aholiga sanitariya xizmatlarini ko‘rsatish uchun 34 ta maxsus chiqindi tashuvchi texnika xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu texnikalar belgilangan grafik asosida maishiy chiqindilarni yig‘ish va o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlab kelmoqda. Shuningdek, barcha maxsus texnikalarga GPS kuzatuv tizimi o‘rnatilgani, mazkur tizim orqali transport vositalarining harakat yo‘nalishi, belgilangan marshrutga rioya qilinishi, ish vaqti hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlari onlayn nazorat qilinayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi.

📝 O‘rganish davomida deputatlar korxonaning moddiy-texnik bazasi, maxsus texnikalarning texnik holati, konteyner maydonchalariga xizmat ko‘rsatish sifati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga, chiqindilarni alohida yig‘ish va saralash tizimini kengaytirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish hamda sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🌿 O‘rganish yakunida sanitariya-tozalik xizmatlari sifatini yanada oshirish, zamonaviy monitoring tizimlaridan samarali foydalanish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Slide 1 of 9