NAVRO‘Z MFYDA FUQAROLAR MUROJAATLARI VA TAKLIFLARI TINGLANDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda 13-Mehnatobod saylov okrugi deputati N. Ilmurodova saylangan Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishildi.
Tashrif davomida hududda fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning kundalik hayotga oid murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Aholini qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholi takliflarini tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va ijrosini deputatlik nazoratiga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.