HUDUDDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan 13-Mehnatobod saylov okrugi deputati N. Ilmurodova saylangan Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 21-bandi ijrosi yuzasidan hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida, ayniqsa, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla yettiligi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini kuchaytirish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini izchil tashkil etish hamda hududda xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.