Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
17-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YO‘RMADO‘Z MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASIDA ANIQLANGAN MUAMMO AMALIY YECHIM TOPMOQDA
янв.21
BOBUR MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDAN O‘TKAZILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA IJTIMOIY SOHA VA MADANIYAT YO‘NALISHLARIDAGI MASALALAR TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BOBUR MAHALLASIDAGI MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
NAVRO‘Z MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud infratuzilmani yangilash va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 17-Navro‘z saylov okrugi deputati M.Mirzayev tomonidan Navro‘z mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda bevosita o‘rganildi.

Avvalroq mahalla aholisi tomonidan elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar yuzasidan bildirilgan murojaatlar deputat e’tiboriga olingan edi. Mazkur masala yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi sa’y-harakatlar natijasida hududdagi eskirgan yog‘och elektr ustunlarini zamonaviy beton tayanchlarga almashtirish ishlari boshlangan.

Bugungi kunda 106 dona beton elektr tayanchi hududga olib kelingan bo‘lib, yana 91 dona tayanchni yetkazib berish rejalashtirilgan. Ayni paytda ushbu yo‘nalishdagi amaliy ishlar davom etmoqda.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ–940-son “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi nuqtayi nazaridan ham masalaning ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Mazkur Qonun 2024-yil 9-noyabrdan kuchga kirgan.

Deputat M.Mirzayev joyida o‘rganish davomida ishlarning borishi, belgilangan rejalar ijrosi va aholini qiynab kelayotgan masalalarning amaliy yechimini kuzatib bordi. Shuningdek, elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur ishlar yakuniga yetkazilishi Navro‘z mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasini yangilash, xonadonlar va tadbirkorlik subyektlari uchun yanada barqaror sharoit yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda. Eng muhimi, elektr ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish hududda yangi loyihalarni amalga oshirish, ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Deputatlik nazorati davom etmoqda. Asosiy e’tibor — belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, fuqarolar murojaatlarining amaliy yechim topishi hamda mahalla infratuzilmasidagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etishga qaratilgan.

Slide 1 of 8