2026-yilning 9 oyi davomida:
464 ta davlat va tadbirkorlik obyekti o‘rganildi.
Aholi xonadonlarida 24 958 ta o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha 1 106 ta profilaktik tadbir o‘tkazilib, ularda 30 643 nafar fuqaro ishtirok etdi.
Tuman hududida 58 ta yong‘in sodir bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 taga ko‘pdir.
Qarorda ustuvor vazifalar belgilandi
Kuz-qish mavsumida yong‘inlar va is gazidan zaharlanishning oldini olish, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlari xavfsizligini ta’minlash, ta’lim muassasalarida yong‘in signalizatsiyasi va evakuatsiya tizimlarini soz holatga keltirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Mazkur qaror aholi hayoti va salomatligini muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini kuchaytirish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan.