HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT
Investitsiya loyihalari — yangi ish o‘rinlari, tadbirkorlik rivoji va aholi farovonligi uchun muhim qadam!
Hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan “Bo‘ston” MFY hududida tadbirkor tashabbusi bilan “Andijon tajribasi” asosida boshlangan loyiha holati o‘rganildi.
⏺ O‘rganish davomida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning hudud iqtisodiyotiga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini oshirish borasidagi imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
⏺ Loyiha doirasida 12 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Bu esa fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda mahallada xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.
💩 Investitsiya loyihalarining izchil amalga oshirilishi hududlarda iqtisodiy faollikni oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi bandlik imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi. Shu bois loyihalarning borishini o‘rganish, mavjud imkoniyatlarni baholash va ko‘zlangan natijalarga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Deputatlik nazorati doirasida hududdagi investitsiya loyihalari va ularning aholi bandligini ta’minlashga qo‘shadigan hissasini o‘rganish ishlari davom ettiriladi.
🌱 Har bir yangi loyiha — yangi imkoniyat, har bir yangi ish o‘rni esa aholi farovonligi sari muhim qadamdir!