Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI

Hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni samarali tashkil etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev boshchiligida 15-Zuhro saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

Unda kotibiyat mudiri A.Ermatov, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Z.Domilayev, deputatlar A.Mahkamov va S.Azizov, shuningdek, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida hududda chiqindilarni yig‘ish, olib chiqib ketish hamda sanitariya tozaligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Marg‘ilon Obod Tozalov Servis” MChJning hududdagi faoliyati ko‘rib chiqilib, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarning tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Jarayonda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 362-II-sonli “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining ijrosi asosiy e’tibor markazida bo‘ldi.

Mazkur Qonunning 18-moddasida chiqindilar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishda fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i hamda atrof-muhit xavfsizligini ta’minlashga doir talablar belgilangan. Qonunning 22-moddasi esa chiqindilarni saqlash va zararsizlantirish bilan bog‘liq talablarni nazarda tutadi.

Ushbu qonuniy talablarning amalda bajarilishi aholi salomatligini muhofaza qilish, hududlarda ekologik xavfsizlikni ta’minlash va fuqarolar uchun qulay yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyatga ega.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — chiqindilar bilan bog‘liq faoliyatning qonunchilik talablariga muvofiqligini baholash, hududdagi sanitariya holatiga e’tibor qaratish hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishdan iborat.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan ekologik barqarorlikni ta’minlash, chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik ijrosini o‘rganish va aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 9