Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rganish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning taklif va muammolarini aniqlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati M.Abdurahmonova tomonidan Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB, JORIY YIL UCHINCHI CHORAGIDAGI FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining o‘tgan haftadagi faoliyati rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borildi.
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
USHBU HAFTADA O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTATLAR
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MARG‘ILON SHAHAR KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI

Saylovchilarga axborot berish jarayonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 21-B.Marg‘iloniy saylov okrugi deputati R.Alijonova fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyida o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratdi.

Xususan, Mustaqillik ko‘chasida tadbirkorlik subyekti tomonidan piyodalar yo‘lagi egallab olingani yuzasidan saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatni o‘rganish maqsadida hududga chiqildi. O‘rganish jarayonida kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova, mahalla raisi va mahalla nuroniylari ham ishtirok etdilar.

Joyida o‘rganish davomida piyodalar yo‘lagidan foydalanish holati ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning, ayniqsa, piyodalarning erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish masalasi muhokama qilindi.

Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli choralar ko‘rish, piyodalar yo‘lagidan belgilangan maqsadda foydalanilishini ta’minlash hamda mavjud holatni qonuniy tartibda hal etish zarurligiga e’tibor qaratildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5