Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
🌱 Qoraqalpog‘iston pedagogika texnikumidagi sug‘orish muammosi qayta o‘rganildi

 Qoraqalpog‘iston pedagogika texnikumidagi sug‘orish muammosi qayta o‘rganildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani partiya Kengashi tomonidan Obod makon MFY hududida joylashgan Qoraqalpog‘iston pedagogika texnikumida daraxt va nihollarni sug‘orish muammosi yuzasidan qayta reyd-monitoring tadbiri o‘tkazildi.

🌳 Tadbirda partiya Kengashi raisi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda partiya faollari ishtirok etib, hududdagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari va sug‘orish tizimining bugungi holatini o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida texnikum hududidagi 2108 tup daraxt va nihollarni sug‘orish uchun suv yetkazib beruvchi quvur tarmog‘i ta’mirlangani, biroq hozirgi kunga qadar suvning o‘zi hali hududga yetib kelmagani aniqlandi. Natijada daraxt va nihollarni o‘z vaqtida sug‘orish masalasi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.

📌 Mazkur muammoni to‘liq bartaraf etish, suv ta’minotini tiklash va hududdagi yashil maydonlarni saqlab qolish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaat qilish hamda masalaning ijobiy hal etilishiga erishish bo‘yicha kelishib olindi.

🌿 O‘zbekiston Ekologik partiyasi hududlarda ekologik muammolarni o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish va yashil hududlarni asrab-avaylash borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.
 

Slide 1 of 3