Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rganish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning taklif va muammolarini aniqlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati M.Abdurahmonova tomonidan Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB, JORIY YIL UCHINCHI CHORAGIDAGI FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining o‘tgan haftadagi faoliyati rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borildi.
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
USHBU HAFTADA O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTATLAR
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MARG‘ILON SHAHAR KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
#reja ijrosi #deputat nazorati #24_ta_tavsiya

Olmaliq shahrida aholi osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga barham berish hamda mahallashtirish tizimi samaradorligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, "Chambil" mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning barvaqt oldini olish va aholi o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarining borishi Xalq deputatlari Kengashi Kotibiyati mudiri Sevar Qodirova tomonidan atrofllicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla profilaktika inspektori bilan yaqindan muloqot o‘tkazilib, hududdagi amaliy holat tahlil qilindi. Muloqot davomida:
🔹Profilaktik va nazorat hisobida turgan fuqarolar ro‘yxati birma-bir ko‘rib chiqilib, ularning turmush tarzi, bandlik darajasi va ijtimoiy muammolari tahlil etildi.
🔹Profilaktik hisobda turgan shaxslarni jamiyatga qayta moslashtirish, ularni foydali mehnatga jalb etish va qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
🔹Mahallada kiberjinoyatchilik, firibgarlik va oilaviy-maishiy nizolarning oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tinchlik va osudalik — har bir xonadon farovonligining bosh omilidir. Bu borada mahallada "Xavfsiz mahalla" tamoyilini to‘liq qaror topshirish va huquqbuzarliklarga nisbatan murosa qilmaslik muhitini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, amaliy choralar belgilab olindi va kamchiliklar deputatning ko'chama ko'cha aylanish jurnaliga qayd qilinib ijro nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3