Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
O‘RIKZOR MAHALLASIDAGI 603-DMTT - QO‘SHIMCHA O‘RINLAR YARATISH ISHLARI QACHON BOSHLANADI?

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #ekspert_guruhlari

O‘RIKZOR MAHALLASIDAGI 603-DMTT - QO‘SHIMCHA O‘RINLAR YARATISH ISHLARI QACHON BOSHLANADI?

📁 O‘rikzor mahallasida joylashgan 603-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida navbatda turgan bolalar soni 512 nafarga yetgan. Mazkur muammoni hal etish maqsadida muassasani rekonstruksiya qilish va jihozlash orqali qo‘shimcha 120 ta o‘rin yaratish rejalashtirilgan. Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 14-avgustdagi III-32-71-14-202-K/26-sonli qaroriga muvofiq, ushbu maqsadlar uchun 2026-yilning birinchi choragida bozor tushumlaridan tushgan mablag‘lar hisobidan 2 milliard so‘m ajratish belgilangan.

🇺🇿 Ushbu masalani joyiga chiqib o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "14-O‘rikzor" saylov okrugi deputati Abdurashid Abdushukurov, Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov, ekspert guruhi a'zosi A.Giyasov hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirok etdi. O‘rganish davomida oqova suv tizimi bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, to‘rtta yangi guruh tashkil etish, ularni kommunikatsiya tarmoqlariga ulash va oqova suvlarni markazlashgan tizimga chiqarish zarurati aniqlandi. Ushbu masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

⚠️ Biroq o‘rganish davomida qarorda belgilangan 2 milliard so‘m mablag‘ hisobidan rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari hali boshlanmagani aniqlandi. Bu holat loyihaning ijrosi va ishlarni boshlash muddatlariga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. Endilikda mas’ullar oldida ajratilgan mablag‘larni maqsadli o‘zlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda qo‘shimcha 120 ta o‘rinni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish vazifasi turibdi. Zero, muhim ijtimoiy loyihalarning samarasi ajratilgan mablag‘lar hajmi bilan emas, aholi, eng avvalo, bolalar uchun yaratilgan real sharoitlar bilan baholanadi.

Slide 1 of 8