Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
#Tadbir #uchrashuv

Shahardagi 15-sonli umumta’lim maktabining faollar zalida o‘zgacha ko‘tarinki ruh va samimiy ruhda  "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Tadbir hayot yo‘li namuna bo‘ladigan nuroniylar, faol yoshlar hamda el-yurt xizmatidagi mas’ul rahbarlarni bir davraga jamladi.
Uchrashuvda Nuroniylar guruhi a’zolari, xalq vakili — deputat Muhiddin Abdullayev hamda Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova ishtirok etishdi.

Muloqot davomida quyidagi muhim mavzularga alohida e’tibor qaratildi:
Hayotiylik va tajriba: Nuroniylar guruhi a’zolari o‘zlarining ko‘p yillik bosib o‘tgan mas’uliyatli va sharafli hayot yo‘llari, mehnati va to‘plagan boy tajribalari haqida yoshlarga so‘zlab berishdi. Ularning samimiy o‘gitlari o‘quvchi-yoshlar uchun haqiqiy hayot maktabiga aylandi.
Kelajak va mas’uliyat: Deputat Muhiddin Abdullayev hamda Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim sifatini oshirish va jamiyatda faol bo‘lishning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Mazkur uchrashuv yoshlar qalbida vatanparvarlik, kattalarga hurmat va kelajakka bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Slide 1 of 4