Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
YOSHLAR BANDLIGI VA IJTIMOIY SOLIQ KOMPENSATSIYASI BO‘YICHA RASMIY SO‘ROV YUBORILDI

YOSHLAR BANDLIGI VA IJTIMOIY SOLIQ KOMPENSATSIYASI BO‘YICHA RASMIY SO‘ROV YUBORILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuman Soliq inspeksiyasiga rasmiy xat yuborildi.

📌 Mazkur xat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 460-son qarori bilan tasdiqlangan, 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun ish beruvchilar tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish tartibi ijrosini o‘rganish bilan bog‘liq.

🌐 Rasmiy so‘rovda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish so‘raldi:
✅ Tumanda ushbu tartibdan foydalanish huquqiga ega ish beruvchilar va yosh xodimlar soni;
✅ Ijtimoiy soliq summasini qoplab olish uchun berilgan arizalar, ularning natijalari va qoplab berilgan mablag‘lar miqdori;
✅ Arizalarni rad etish holatlari va ularning sabablari;
✅ Mavjud muammolar hamda yoshlar bandligini rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va takliflar.

📊 Taqdim etiladigan ma’lumotlar tegishli tahliliy ko‘rsatkichlar va tasdiqlovchi hujjatlar asosida doimiy komissiya muhokamasiga kiritiladi.