Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
Kengash_faoliyati
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#6_band
#162_qonun

Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Mahallalarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikning barvaqt oldini olish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

🫥Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 19-"Quduqsoy" saylov okrugi deputati G.Xolmatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov Quduqsoy mahallasiga tashrif buyurib, Xotin-qizlar faolining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🫥Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” O‘RQ-561-sonli Qonuni asosida tahlil qilindi.

Mas’ullar tomonidan xotin-qizlar faolining amaliy ishlari atroflicha tahlil qilindi:

Tazyiq va zo‘ravonlik profilaktikasi: Oila-turmush munosabatlarida nizo va tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni aniqlash hamda ularga "Himoya orderi" berilishi holati;

"Ayollar daftari": Daftarga kiritilgan xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish manzilliligi;

Bandlik va tadbirkorlik: Ishsiz ayollarni daromadli mehnatga jalb etish, kasanachilik va hunarmandchilikka o‘qitish;

Oila ma’naviyati: Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash hamda mahallada sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish.

✅O‘rganishlar yakunida Xotin-qizlar faoliga mahalladagi har bir ayolning muammosiga bee’tibor bo‘lmaslik, nizo kelib chiqayotgan oilalar bilan barvaqt ishlash hamda O‘RQ-561-sonli Qonun ijrosini qat’iy ta’minlash bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalarini berildi.
Slide 1 of 1