Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
#24_ta_masala
#PF_193_son_Farmon_ijrosi
#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Choriyev tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Katta hayot” mahallasi yoshlar yetakchisi Sh.Farxodovning faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida tahlil qilindi.

📍 Asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:
🔹 Yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash;
🔹 Fuqarolarning doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish;
🔹 Kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 Kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 Amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.

🤝 O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan ishlar hamda dolzarb muammolar muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Asosiy maqsad — deputatlik nazorati orqali belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi bandligini oshirish va mahalla fuqarolarining turmush farovonligini yuksaltirish!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3