Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“O‘ZBEKISTON OVOZI” GAZETASIDA MAQOLA CHOP ETILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati M. Murzametova tomonidan fuqaro bilan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasi yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

⚖️Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-803-son, 2022-yil 28-noyabr mazmun-mohiyati tushuntirildi.

📌Qonunga ko‘ra, ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, shuningdek ularning yuzaga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi yoki bekor qilinishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🏠Fuqaroga ko‘chmas mulkka oid hujjatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish va huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mulk egasining huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega ekani tushuntirildi.

🤝Deputat tomonidan fuqaroning murojaati tinglanib, masala yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.