Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
A.Navoiy ko‘chasini milliy va zamonaviy qiyofaga keltirish loyihasi muhokamada
янв.21
30-MAKTABDA SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR HOLATI XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ish rejasiga muvofiq, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, yoshlar manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifatini nazorat qilishga qaratilgan navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir 18-Yuksalish saylov okrugi deputati B.Jalilov hududidagi Pichoqchi mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi. O‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Abdurahmonov, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi S.Azizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdi.

Nazorat tadbiri O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi O‘RQ–139-sonli “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida tashkil etildi. Mazkur qonunda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifalar sifatida belgilangan.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan PQ–48-son qarori asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi VII-20-15-11-168-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Jumladan, Pichoqchi MFY hududida bolalar maydonchalarini barpo etish ishlari va ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarning bajarilishiga e’tibor qaratildi.

Bolalar maydonchalarini qurish va obodonlashtirish ishlarida nafaqat hududning tashqi ko‘rinishi, balki bolalarning xavfsizligi, o‘yin jihozlarining sifati hamda yaratilayotgan sharoitlarning amaldagi talablarga muvofiqligi ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois bunday obyektlarni joyiga chiqib o‘rganish, belgilangan ishlarning ijrosini nazorat qilish va mavjud masalalarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri hududda bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish, amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining ijrosini ta’minlash hamda Kengash qarorlari ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 6