Jańalıqlar

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Marg‘ilon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Z.Abdullayevga yo‘llangan so‘rovda shaharda faoliyati to‘xtagan va samaradorligi past loyihalar holati hamda ularni qayta faollashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot so‘ralgan.

Maqsad — tadbirkorlikni rivojlantirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1